Reyting 2026
Kalendar 2026
Turnirlar taqvimini koʻrish »Yangiliklar 4997
Tennis olamidan yangi yangiliklar: yangi chempionlar, kutilmagan gʻalabalar va reytingdagi oʻzgarishlar
O‘zbekistonlik tennischilar Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova Melburnda bo‘lib o‘tayotgan Australian Open turnirining asosiy setkasiga kiritildi.
Birinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 91-o‘rinda turgan Kamilla Rahimova AQSh vakilasi, jahonning uchinchi raketkasi Koko Goffga qarshi kortga chiqadi. Rahimova uchun bu “Katta Dubulg‘a” turniridagi mavsum startida muhim sinov bo‘ladi.
WTA reytingida 150-o‘rinda joylashgan Polina Kudermetova esa birinchi bosqichda Ispaniya vakilasi Giomar Maristani Suleta de Reales (WTA reytingida 184 o‘rinda joylashgan) bilan uchrashadi. Ushbu bahs o‘zbekistonlik tennischi uchun mavsumning eng nufuzli turnirlaridan birida ikkinchi davraga chiqish imkoniyati bo‘ladi.
O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar tennischisi bir vaqtning o‘zida Australian Open asosiy setkasida ishtirok etayotgani milliy tennisning izchil rivojlanayotganini va sportchilarimizning eng yirik xalqaro arenalardagi ishtiroki tobora ortib borayotganini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Avstraliyaning Adelaida shahrida o‘tayotgan WTA 500 turkumidagi turnirning saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, musobaqaning asosiy to‘riga yo‘l oldi.
Saralashning hal qiluvchi uchrashuvida Rahimova Xitoy vakilasi Chjan Shay ustidan iroda va xarakter namoyish etib, 7–5, 5–7, 6–4 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs juda keskin va uzoq davom etdi: Kamilla birinchi setni ishonchli tarzda o‘z foydasiga hal qildi, ikkinchi setda raqibasiga imkoniyatni boy berdi, biroq hal qiluvchi setda o‘z o‘yinini topib, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi.
WTA 500 turnirining asosiy to‘riga chiqish Kamilla Rahimova uchun mavsum boshidagi muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Avstraliyaning Kanberra shahrida o‘tayotgan Workday Canberra International turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, barqaror va ishonchli o‘yini evaziga musobaqa finaliga chiqdi.
Hal qiluvchi uchrashuvga qadar Kudermetova qator muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. 1/8 final bosqichida u serbiyalik Lola Radivoyevichni 6-3, 7-6 (1) hisobida mag‘lub etdi. Chorak finalda Polina Xitoy vakilasi Yue Yuan ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 6-1, 6-0. Yarim finalda esa keskin kechgan bahsda yaponiyalik Haruka Sakatsumeni ikki setda taslim etdi 7-5, 6-2 hisobi bilan.
Turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi g‘alabaga juda yaqin bo‘ldi, biroq Xitoy Taypeyi vakilasi Joanna Garlandga 6-4, 6-2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Tailandning Nonthaburi shahrida o‘tayotgan ATP Challenger toifasidagi turnirda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, musobaqaning chorak final bosqichiga chiqdi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin 22 yoshli fransiyalik tennischi Rober Bertrandga qarshi bahsda ishonchli o‘yin namoyish etib, 2-0 hisobida (6-3, 6-4) g‘alaba qozondi. Ta’kidlash joizki, uchrashuv oldidan Bertrand ATP reytingida 302-o‘rinni egallab turgan edi.
Yarim final yo‘llanmasi uchun Fomin 30 yoshli chexiyalik tennischi Marek Gengelga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv ertaga bo‘lib o‘tadi va mahalliy vakti bilan soat 08:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Читать
подробнее
O‘zbekiston tennis federatsiyasi Iroda To‘lyaganovani tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Iroda Botirovnaning nomi o‘zbek va jahon tennisi tarixiga abadiy muhrlangan. Toshkentda tug‘ilib o‘sgan, WTA turnirlarining yetti karra g‘olibasi, “Katta dubulg‘a”ning o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalarida yakkalik va juftlik bahslarida ikki karra chempion, o‘z davrining dunyodagi eng kuchli o‘smir tennischilaridan biri sifatida u butun bir davr ramziga va bir necha avlod sportchilari uchun namuna bo‘ldi. Iroda To‘lyaganova WTA reytingida dunyoning TOP-16 tennischilari qatoridan ham joy olgan. 2000-yilda uning sport rivojiga qo‘shgan hissasi O‘zbekiston Respublikasida “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan e’tirof etildi.
Bugun O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisining o‘rinbosari va Osiyo tennis federatsiyasi (ATF) vitse-prezidenti lavozimlarida faoliyat yuritayotgan Iroda To‘lyaganova tennishga bo‘lgan fidoyiligini maydondagi kabi davom ettirmoqda. Uning professional va shaxsiy hissasi tufayli O‘zbekistonda tennis tobora ommalashib, yanada ochiq va istiqbolli sport turiga aylanmoqda.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi Iroda Botirovnaga mustahkam sog‘lik, cheksiz quvvat, yangi professional yutuqlar va o‘zbek tennisi ravnaqi yo‘lidagi barcha tashabbuslarini amalga oshirishda ilhom tilaydi.
Читать
подробнее
O‘zbekiston tennis federatsiyasi 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida saralash turnirlarini o‘tkazadi. Ushbu musobaqalar mamlakatning o‘smirlar terma jamoasiga nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish hamda ITF va ATF homiyligida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etiladi.
14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi turnir 2026-yil 9–15-yanvar kunlari, 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi turnir esa 2026-yil 25–31-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Har ikki musobaqaning o‘tkazilish joyi — Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi.
Musobaqalarning asosiy vazifasi — yosh tennischilarning sport mahoratini oshirish, sport zaxirasini tayyorlash va eng kuchli o‘yinchilarni xolisona saralab olishdir. Turnirlar yakuniga ko‘ra FTT murabbiylar kengashi quyidagilarni shakllantiradi:
“World Junior Tennis Competition” Pre-Qualifying Event jamoaviy turnirida ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini;
ITF Asia 14&U Development Championships Final yakka tartibdagi turnirida ishtirok etadigan o‘yinchilar ro‘yxatini.
Turnirlar yopiq kortlarda, Hard qoplamada o‘tkaziladi. Rasmiy to‘plar — Technifibre Club. Musobaqa formati — aylana tizimi: asosiy turnirda 8 nafar o‘yinchi ishtirok etadi va ular 4 nafardan iborat ikki kichik guruhga bo‘linadi. Eng yaxshi sportchilar yarim final va final bosqichlariga yo‘l oladi, qolgan ishtirokchilar esa yakuniy o‘rinlar uchun uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ishtirok etish uchun arizalar OTF rasmiy portalidagi UZ PIN tizimi orqali qabul qilinadi. UZ PIN-kodi orqali ariza yuborish va oʻyinchi profilini faollashtirish uchun Malika Orazalieva bilan +998 97 403 38 83 raqamiga bogʻlaning:
2025-yil 29-dekabrgacha — o‘g‘il bolalar turniri uchun;
2026-yil 12-yanvargacha — qizlar turniri uchun.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi musobaqalarning tashkil etilishi, hakamlik va tibbiy ta’minotni to‘liq amalga oshiradi. Ushbu turnirlar OTFning o‘smirlar tennisini rivojlantirish va xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarida muhim bosqich hisoblanadi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
ITF 2026–2027 yillar uchun Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) qo‘mitalari va komissiyalari tarkibini e’lon qildi. Ushbu tarkibga O‘zbekistondan uch nafar vakil kiritildi.
ITF Prezidentining Devis kubogi va Billie Jean King Cup bo‘yicha Ishchi guruhi tarkibiga O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisining o‘rinbosari, afsonaviy o‘zbek tennischisi Iroda Tulyaganova, shuningdek O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi,Billie Jean King Cup’da O‘zbekiston terma jamoasi sardori, professional tennischi Akgul Amanmuradova kiritildi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi, Devis kubogidagi terma jamoa sardori, afsonaviy o‘zbek tennischisi Denis Istomin ITF Murabbiylar komissiyasi a’zosi etib tayinlandi.
ITF doirasida jami 70 ta mamlakatdan 230 nafardan ortiq vakil turli qo‘mitalar, komissiyalar va ishchi guruhlarga tayinlandi. Ushbu tuzilmalar tennisning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ITF va uning Direktorlar kengashiga ko‘maklashadi.
Har bir qo‘mita va komissiyaning vakolatlari ITF ustaviga asoslanadi. A’zolar o‘z faoliyatini ITF boshqaruv, sport va ishtirok tamoyillariga muvofiq olib boradi hamda federatsiyaning asosiy qadriyatlari — samarali boshqaruv, halollik, inklyuzivlik, innovatsiya va hamkorlik tamoyillariga amal qiladi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
5–7 dekabr kunlari Olmaota shahrida Qozog‘iston tennis federatsiyasi murabbiylarining Milliy Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi — ITF va ATF ko‘magida tashkil etilgan mintaqadagi eng yirik o‘quv-ma’rifiy tadbirlardan biri.
Ushbu konferensiyada O‘zbekistonni O‘zbekiston tennis federatsiyasi murabbiylari vakillik qildi. Igor Shelakin va Aziz Fayziyev Osiyo tennis federatsiyasi va OTF qo‘llab-quvvatlashi hisobiga ishtirok etishdi. Qolgan mutaxassislar esa tadbirga o‘z mablag‘lari hisobidan borishdi — bu ularning kasbiy qiziqishi va rivojlanishga intilishini yaqqol namoyish etadi. Umuman olganda, O‘zbekistondan besh nafar mutaxassis qatnashdi.
Konferensiya dasturi murabbiylar bilimini yangilash, zamonaviy xalqaro yondashuvlarni o‘rganish, yangi professional aloqalar o‘rnatish hamda turli mamlakatlardan kelgan hamkasblar bilan tajriba almashishga qaratildi. Ishtirokchilar yetakchi ekspertlar ma’ruzalari, amaliy mashg‘ulotlar va bolalar, o‘smirlar hamda professional tennis rivojiga bag‘ishlangan strategik muhokamalarda qatnashdilar.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi mahalliy mutaxassislar kompetensiyasini oshirish va xalqaro ta’lim tashabbuslariga faol integratsiyalashishni davom ettiradi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
Rossiyalik tennischi Polina Kudermetova rasman sport fuqaroligini o‘zgartirdi va endi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi.
Sportchining yangilangan bayrog‘i Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) hamda Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) rasmiy saytlaridagi profilida aks etgan.
Kudermetova WTA reytingida 104-o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, o‘z avlodining eng yorqin va istiqbolli tennischilaridan biri hisoblanadi. Karyerasidagi eng yuqori yakkalik reytingi Polina Kudermetova 2025-yil 14-aprelda ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA)jahon reytingida 54-o'rinni egalladi. U professional maydonda yakka bahslar bo‘yicha 8 ta ITF, juftlik bahslarida esa yana 2 ta ITF titulini qo‘lga kiritgan. ITF World Tennis Tour turnirlarida muntazam ravishda yuqori natijalar ko‘rsatib keladi.
Polina Kudermetova so‘nggi yillarda ITF turining eng tez rivojlanayotgan va eng samarali tennischilaridan biri sanaladi. Uning hisobida ITF turnirlarida jami 10 ta tituli mavjud.
2025-yil Polinaning eng yorqin mavsumlaridan biri
1. WTA 500 Brisbane (2025) — finalga chiqish
Polina Brisbane shahridagi WTA 500 turnirida ilk bor finalga chiqdi. Yarim finalda u Anjelina Kalininani 6–4, 6–3 hisobida mag‘lub etib, o‘z karerasidagi eng yirik turnir finaliga yo‘l oldi.
2. Darya Kasatkina ustidan g‘alaba (2025)
Xuddi shu turnirda Kudermetova reytingi ancha yuqori bo‘lgan Darya Kasatkinani mag‘lub etdi va shu natija evaziga ilk bor WTA reytingining top-100 taligiga kirdi.
3. WTA turnirlarida chorak final va yarim finallar
Kudermetova Seul va Merida kabi WTA turnirlarida bir necha bor chorak final va yarim final bosqichiga qadar yetib borib, yuqori darajadagi o‘sishni namoyish etdi.
4. WTA 1000 China Open turniridagi muvaffaqiyat
Pekindagi nufuzli WTA 1000 China Open turnirida Polina 2025-yilda ikkinchi bosqichga chiqdi va Maddison Inglisni 7–5, 7–6(9–7) hisobida mag‘lub etdi — bu Grand Slam turnirlaridan keyingi eng katta musobaqalarda erishilgan muhim natija bo‘ldi.
ITF turnirlari — asosiy yutuqlar
WTA turiga o‘tishdan avval Kudermetova bir qator ITF turnirlarining chempioni bo‘lgan:
W50 Indore (2024) — chempion
W40 Astana (2023) — chempion
Shuningdek, u quyidagi turnirlarni ham yutgan:
W25 Jerusalem
W25 Istanbul
W25 Raanana
W15 Kazan
Bundan avval ham Kazan va Antaliyada unvonlarni qo‘lga kiritib, har xil qoplamalarda — xususan hard va gruntda — barqaror natija ko‘rsatgan.
Bu g‘alabalar Polina Kudermetovani yangi avlodning eng kuchli vakillaridan biriga aylantiradi va O‘zbekiston tennisining muhim kuchaytiruvchi omiliga aylandi.
Polinaning qarori O‘zbekiston tennisini sezilarli darajada kuchaytirdi. Bu O‘zbekiston sharafini himoya qilishni tanlagan beshinchi tennischi bo‘ldi. Bungacha Kamilla Rahimova, Mariya Timofeyeva, Aleksandra Barmicheva va Layma Vladson sport fuqaroligini o‘zgartirgan edi.
Polina Kudermetovaning O‘zbekiston tarkibiga qo‘shilishi — ayollar tennisi rivoji uchun muhim qadam, milliy terma jamoa uchun esa yirik xalqaro startlar oldidan jiddiy kuchayishdir.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
O‘zbekiston terma jamoasi vakili Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida yakunlangan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Kamilla germaniyalik Tatyana Korpachni 6–3, 7–6(4) hisobida mag‘lub etdi.
Finalning ilk daqiqalaridanoq Rahimova kortda barqarorlik va tajovuzkor o‘yin namoyish qildi. Birinchi setda u tezda ustunlikni qo‘lga olib, 6–3 hisobida g‘alabaga erishdi. Ikkinchi setda teng kurash kuzatildi, ammo Kamilla asosiy vaziyatlarda sovuqqonlikni saqlab, tay-brekda 7–6(4) hisobida ustun keldi.
Kamillaning chempionlik sari yo‘lida turnirning ikkinchi raqamli tennischisi — xorvatiyalik Ana Rujich ustidan qozongan 4–6, 6–3, 7–5 hisobidagi irodali yarim final g‘alabasi haftaning eng yorqin lahzalaridan biri bo‘ldi.
Anjedagi g‘alaba Rahimovaning WTA 125 darajasidagi joriy mavsumdagi ilk chempionligi bo‘lib, uning O‘zbekiston bayrog‘i ostida o‘tkazgan muvaffaqiyatli startining muhim bosqichiga aylandi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi Kamilla Rahimovani yorqin g‘alaba bilan tabriklaydi va kelgusi turnirlarda omad tilab qoladi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
O‘zbekistonlik yosh tennischi Mumtozabegim Akramova 29 noyabr — 6 dekabr 2025-yillarda Dohada o‘tayotgan 4th Qatar Asian Junior 14&Under (2-kategoriya) turnirida barqaror va ishonchli o‘yin namoyish qildi.
Yakka bahslar
Musobaqaning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Mumtozabegim Akramova turnirni ishonchli boshladi va yarim finalga qadar yetib bordi. U yarim finalda rossiyalik Sofiya Ximmelreyx bilan bahslashib, murosasiz uchrashuvda 6–3, 0–6, 1–6 hisobida imkoniyatni boy berdi va to‘rtlik ichida turnirni yakunladi.
Yarim final yo‘lida Akramova quyidagi g‘alabalarga erishdi: Ayiris Ben (Niderlandiya) — 6–1, 6–0 va Al-Tani (Qatar) — 6–0, 6–0.
Bronza uchun bahsda Akramova turnirning to‘rtinchi raqamli tennischisi, turkmanistonlik Sena Ishanquliyevaga qarshi kortga chiqdi. Keskin bahsda Mumtozabegim 3–6, 1–4 hisobida mag‘lub bo‘lib, yakuniy 4-o‘rinni egalladi.
Juftlik bahslari — finalchi
Juftlik bahslarida Mumtozabegim Akramova qatarlik Al-Tani bilan birga finalga chiqdi. Hal qiluvchi uchrashuvda o‘zbekiston-qatar juftligi rossiyalik Sofiya Ximmelreyx va turkmanistonlik Sena Ishanquliyeva juftligiga 2–6, 0–6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi Akramovaning turnirdagi ishtirokini yuqori baholab, uning barqaror o‘sishini, ishonchli o‘yinini va yuqori darajadagi xalqaro raqobatga tayyorligini alohida ta’kidlaydi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
O‘zbekistonlik tennischi Abdurahmon Karimov Bahraynda o‘tayotgan ITF J30 Manama xalqaro yuniorlar turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sportchimiz yakka bahslar bo‘yicha finalga qadar yetib borib, butun musobaqa davomida barqaror o‘yin namoyish qildi.
Yarim finalda Karimov Misr vakili Ahmad Ibrohim ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 6–1, 4–6, 6–1 va hal qiluvchi setda kuchli xarakter ko‘rsatdi.
Final uchrashuvida Abdurahmon turnirning kutilmagan yorqin ishtirokchisi, Iordaniyalik Malak El-Kurnehga qarshi kortga chiqdi. Keskin kurashda sportchimiz 1–6, 1–6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
J30 Manama turniri finaliga chiqish — yosh tennischi uchun muhim natija va O‘zbekiston yuniorlari tayyorgarligining yuqori darajadagi yana bir isbotidir.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida o‘tayotgan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida yorqin o‘yin namoyish etmoqda. U turnirning ikkinchi raqam ostida tasniflangan Xorvatiyalik Ana Rujichni mag‘lub etib, joriy mavsumda ilk bor WTA 125 darajasidagi turnir finaliga yo‘l oldi.
Keskin kechgan yarim final uchrashuvida Rahimova kuchli xarakter va yuqori saviyadagi o‘yinini namoyon qildi. Birinchi setni boy berganiga qaramay, u tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va uchrashuvni 4–6, 6–3, 7–5 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.
Finalda Kamilla Germaniya vakili Tatyana Korpachga qarshi kortga chiqadi. Korpach avvalroq o‘z vatandoshi Anna Fridzamni mag‘lub etgan edi.
Fransiyadagi turnir finaliga chiqish Rahimova uchun muhim bosqich bo‘lib, uning reytingdagi pozitsiyasini mustahkamlamoqda va O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi muvaffaqiyatli startini tasdiqlamoqda.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
O‘zbekistonlik yosh tennischi Mumtozabegim Akramova 29 noyabr – 6 dekabr kunlari Doha shahrida o‘tayotgan 4th Qatar Asian Junior 14 & Under turnirida (ATF) muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Yakka bahs — chorak final
Mumtozabegim turnirni ishonchli boshladi va yuqori darajadagi o‘yinini namoyish etdi. U musobaqaning bir uchrashuvida Niderlandiya vakili Ayris Benni 6–1, 6–0 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chorak finalda Akramova yarim finalga chiqish uchun kurash olib boradi.
Juftlik bahsi — final yo‘llanmasi
Mumtozabegim Akramova Qatarlik tennischi Dorsaf Al-Tani bilan juftlik bahslarida ham ajoyib natija qayd etdi. Yarim finalda o‘zbekistonlik-qatarli juftlik raqiblarini 6–0, 6–0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etib, finalga chiqdi.
Finalda ularning raqibi Rossiyalik Sofiya Ximmelreyx va Turkmanistonlik Sevinch Ishankuliyeva juftligi bo‘ladi.
O‘zbekiston — mintaqa yetakchilari safida
Akramovaning juftlikda finalga chiqishi va yakka bahsda muvaffaqiyatli ishtiroki O‘zbekiston yosh tennischilarining yuqori tayyorgarlik darajasini hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasining tizimli ishlar samaradorligini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
O‘zbekistoning yosh tennischisi Aleksandra Barmicheva Buyuk Britaniyada o‘tayotgan ITF J100 Loughborough xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etishni davom ettirmoqda. Sportchimiz yakka bahslarda yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Chorak finalda uchinchi raqam ostida saralangan tennischi sifatida qatnashayotgan Barmicheva britaniyalik Sofiya Kristodulouni (Buyuk Britaniya, 8 raqam ostida saralangan) 6-3, 6-4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, barqaror o‘yin, yuqori bosim va kuchli taktik ustunligini namoyish etdi.
Yarim finalda Aleksandra turnirning beshinchi raqamli seyalisi bo‘lgan britaniyalik Edi Griffits bilan kortga chiqadi.
J100 turniridagi yarim final bosqichiga chiqish — Barmicheva uchun muhim natija bo‘lib, uning xalqaro maydondagi jadal taraqqiyotini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Читать
подробнее
Kortlar
Tennis klubi OOO Universal Tennis Plus
Telefon:
+998909390890Manzil:
Shahar: Toshkent, Tuman: Yashnobod ko'chasi. Qorasu (sobiq Lisunova), 23 yoshRespublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi
Telefon:
+998712089496Manzil:
Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod mahallasi, Yalangach massivi"Matonat" sport majmuasi (Burevestnik)
Telefon:
+998935918169Manzil:
Yunusobod tumani, Kiyot massivi, 88-uy"JAR" sport-sog'lomlashtirish majmuasi
Telefon:
+998712494839Manzil:
100021, Toshkent, Beruniy shoh ko‘chasi, 3-uy“Yoshlik” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi
Telefon:
+998712689616Manzil:
Oqqo‘rg‘on, 16, (sobiq “Start” stadioni), Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumaniTENNIS.UZ
Sheriklar
va homiylar
