Yangiliklar 4970

Tennis olamidan yangi yangiliklar: yangi chempionlar, kutilmagan gʻalabalar va reytingdagi oʻzgarishlar

2025-12-08 21:12:00 O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Anjeda WTA 125 chempioniga aylandi
O‘zbekiston terma jamoasi vakili Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida yakunlangan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Kamilla germaniyalik Tatyana Korpachni 6–3, 7–6(4) hisobida mag‘lub etdi.   Finalning ilk daqiqalaridanoq Rahimova kortda barqarorlik va tajovuzkor o‘yin namoyish qildi. Birinchi setda u tezda ustunlikni qo‘lga olib, 6–3 hisobida g‘alabaga erishdi. Ikkinchi setda teng kurash kuzatildi, ammo Kamilla asosiy vaziyatlarda sovuqqonlikni saqlab, tay-brekda 7–6(4) hisobida ustun keldi.   Kamillaning chempionlik sari yo‘lida turnirning ikkinchi raqamli tennischisi — xorvatiyalik Ana Rujich ustidan qozongan 4–6, 6–3, 7–5 hisobidagi irodali yarim final g‘alabasi haftaning eng yorqin lahzalaridan biri bo‘ldi.   Anjedagi g‘alaba Rahimovaning WTA 125 darajasidagi joriy mavsumdagi ilk chempionligi bo‘lib, uning O‘zbekiston bayrog‘i ostida o‘tkazgan muvaffaqiyatli startining muhim bosqichiga aylandi.   O‘zbekiston tennis federatsiyasi Kamilla Rahimovani yorqin g‘alaba bilan tabriklaydi va kelgusi turnirlarda omad tilab qoladi.       O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-12-07 13:56:41 Mumtozabegim Akramova 4th Qatar Asian Junior 14&Under musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
O‘zbekistonlik yosh tennischi Mumtozabegim Akramova 29 noyabr — 6 dekabr 2025-yillarda Dohada o‘tayotgan 4th Qatar Asian Junior 14&Under (2-kategoriya) turnirida barqaror va ishonchli o‘yin namoyish qildi.   Yakka bahslar Musobaqaning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Mumtozabegim Akramova turnirni ishonchli boshladi va yarim finalga qadar yetib bordi. U yarim finalda rossiyalik Sofiya Ximmelreyx bilan bahslashib, murosasiz uchrashuvda 6–3, 0–6, 1–6 hisobida imkoniyatni boy berdi va to‘rtlik ichida turnirni yakunladi. Yarim final yo‘lida Akramova quyidagi g‘alabalarga erishdi: Ayiris Ben (Niderlandiya) — 6–1, 6–0 va Al-Tani (Qatar) — 6–0, 6–0. Bronza uchun bahsda Akramova turnirning to‘rtinchi raqamli tennischisi, turkmanistonlik Sena Ishanquliyevaga qarshi kortga chiqdi. Keskin bahsda Mumtozabegim 3–6, 1–4 hisobida mag‘lub bo‘lib, yakuniy 4-o‘rinni egalladi.   Juftlik bahslari — finalchi Juftlik bahslarida Mumtozabegim Akramova qatarlik Al-Tani bilan birga finalga chiqdi. Hal qiluvchi uchrashuvda o‘zbekiston-qatar juftligi rossiyalik Sofiya Ximmelreyx va turkmanistonlik Sena Ishanquliyeva juftligiga 2–6, 0–6 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi Akramovaning turnirdagi ishtirokini yuqori baholab, uning barqaror o‘sishini, ishonchli o‘yinini va yuqori darajadagi xalqaro raqobatga tayyorligini alohida ta’kidlaydi.     O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-12-07 11:12:24 Abdurahmon Karimov ITF J30 Manama turnirida finalist bo‘ldi
O‘zbekistonlik tennischi Abdurahmon Karimov Bahraynda o‘tayotgan ITF J30 Manama xalqaro yuniorlar turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sportchimiz yakka bahslar bo‘yicha finalga qadar yetib borib, butun musobaqa davomida barqaror o‘yin namoyish qildi.   Yarim finalda Karimov Misr vakili Ahmad Ibrohim ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 6–1, 4–6, 6–1 va hal qiluvchi setda kuchli xarakter ko‘rsatdi.   Final uchrashuvida Abdurahmon turnirning kutilmagan yorqin ishtirokchisi, Iordaniyalik Malak El-Kurnehga qarshi kortga chiqdi. Keskin kurashda sportchimiz 1–6, 1–6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.   J30 Manama turniri finaliga chiqish — yosh tennischi uchun muhim natija va O‘zbekiston yuniorlari tayyorgarligining yuqori darajadagi yana bir isbotidir.     O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-12-07 10:04:43 Kamilla Rahimova Fransiyadagi WTA 125 turnirida finalga chiqdi
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida o‘tayotgan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida yorqin o‘yin namoyish etmoqda. U turnirning ikkinchi raqam ostida tasniflangan Xorvatiyalik Ana Rujichni mag‘lub etib, joriy mavsumda ilk bor WTA 125 darajasidagi turnir finaliga yo‘l oldi.   Keskin kechgan yarim final uchrashuvida Rahimova kuchli xarakter va yuqori saviyadagi o‘yinini namoyon qildi. Birinchi setni boy berganiga qaramay, u tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va uchrashuvni 4–6, 6–3, 7–5 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.   Finalda Kamilla Germaniya vakili Tatyana Korpachga qarshi kortga chiqadi. Korpach avvalroq o‘z vatandoshi Anna Fridzamni mag‘lub etgan edi. Fransiyadagi turnir finaliga chiqish Rahimova uchun muhim bosqich bo‘lib, uning reytingdagi pozitsiyasini mustahkamlamoqda va O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi muvaffaqiyatli startini tasdiqlamoqda.     O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-12-05 09:41:33 Mumtozabegim Akramova Qatardagi turnirda yakka bahsda chorak finalga, juftlikda esa finalga chiqdi
O‘zbekistonlik yosh tennischi Mumtozabegim Akramova 29 noyabr – 6 dekabr kunlari Doha shahrida o‘tayotgan 4th Qatar Asian Junior 14 & Under turnirida (ATF) muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.   Yakka bahs — chorak final Mumtozabegim turnirni ishonchli boshladi va yuqori darajadagi o‘yinini namoyish etdi. U musobaqaning bir uchrashuvida Niderlandiya vakili Ayris Benni 6–1, 6–0 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Chorak finalda Akramova yarim finalga chiqish uchun kurash olib boradi.   Juftlik bahsi — final yo‘llanmasi Mumtozabegim Akramova Qatarlik tennischi Dorsaf Al-Tani bilan juftlik bahslarida ham ajoyib natija qayd etdi. Yarim finalda o‘zbekistonlik-qatarli juftlik raqiblarini 6–0, 6–0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etib, finalga chiqdi. Finalda ularning raqibi Rossiyalik Sofiya Ximmelreyx va Turkmanistonlik Sevinch Ishankuliyeva juftligi bo‘ladi.   O‘zbekiston — mintaqa yetakchilari safida Akramovaning juftlikda finalga chiqishi va yakka bahsda muvaffaqiyatli ishtiroki O‘zbekiston yosh tennischilarining yuqori tayyorgarlik darajasini hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasining tizimli ishlar samaradorligini tasdiqlaydi.     O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-12-04 12:33:09 Aleksandra Barmicheva Buyuk Britaniyadagi turnirda yarim finalga chiqdi
O‘zbekistoning yosh tennischisi Aleksandra Barmicheva Buyuk Britaniyada o‘tayotgan ITF J100 Loughborough xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etishni davom ettirmoqda. Sportchimiz yakka bahslarda yarim final bosqichiga yo‘l oldi.   Chorak finalda uchinchi raqam ostida saralangan tennischi sifatida qatnashayotgan Barmicheva britaniyalik Sofiya Kristodulouni (Buyuk Britaniya, 8 raqam ostida saralangan) 6-3, 6-4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, barqaror o‘yin, yuqori bosim va kuchli taktik ustunligini namoyish etdi.   Yarim finalda Aleksandra turnirning beshinchi raqamli seyalisi bo‘lgan britaniyalik Edi Griffits bilan kortga chiqadi. J100 turniridagi yarim final bosqichiga chiqish — Barmicheva uchun muhim natija bo‘lib, uning xalqaro maydondagi jadal taraqqiyotini tasdiqlaydi.     O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-12-04 12:23:07 Kamilla Raximova Angersdagi WTA 125 turnirida chorak finalga chiqdi
O‘zbekiston terma jamoasi tennischisi Kamilla Raximova Fransiyada o‘tayotgan WTA 125 Angers turnirida ishonchli o‘yinlarini davom ettirmoqda. Kecha u ikkinchi bosqichdagi uchrashuvda g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.   1/8 final bahsida Raximova Polsha vakili Laura Klimovitsovani 6–0, 6–7(5), 6–3 hisobida mag‘lub etdi.   Uchrashuv yuqori darajada kurashga boy bo‘ldi: birinchi setda Kamilla to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi, ikkinchi setni tay-brekda boy berdi, biroq hal qiluvchi setda o‘zini qo‘lga olib, muhim pallalarda barqarorlik ko‘rsatdi va g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi Kamillani mazkur muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va keyingi bosqichda omad tilaydi!     O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-12-01 10:46:05 Mumtozabegim Akramova Qatarda o‘tkazilgan turnirda juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonning yosh tennischisi Mumtozabegim Akramova 22–29 noyabr 2025-yilda Doha (Qatar) shahrida bo‘lib o‘tgan ATF 3rd Qatar Asian Junior toifasidagi 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi 2-kategoriyali turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sportchimiz juftlik bahslarida birinchi o’rinni qo‘lga kiritdi va yakka bahslarda kuchlilar qatoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi.   Juftlik bahslari — chempionlik unvoni Mumtozabegim Akramova juftlik bahslarida turnir g‘olibiga aylandi va Rossiya hamda Qozog‘iston vakillarini muhim uchrashuvlarda ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Mumtozabegim Akramova Turkmaniston vakilasi Sevinch Ishanquliyeva bilan juftlikda Rossiyalik Sofiya Himmelrayx va Qozog‘istonlik Yasmina Yusupova duetini 7–5, 6–1 hisobida mag‘lub etdi.   Akramova — Ishanquliyeva juftligi turnir davomida ishonchli o‘yin, yuqori tezlik va a’lo darajadagi o‘zaro moslashuvni namoyish etdi va munosib ravishda peshqadamlik pog‘onasiga ko‘tarildi.   Yakka bahslar — chorak finalga chiqish Mumtozabegim Akramova yakka bahslarda ham munosib natija ko‘rsatdi va chorak final bosqichiga yetib bordi. Mumtozabegim Akramova Sevinch Ishanquliyevaga 5–7, 6–0, 1–6 hisobida imkoniyatni boy berdi.   Mumtozabegimning Qatardagi ishtiroki — o‘zbekistonlik yosh tennischilarning xalqaro maydondagi o‘rnini tobora mustahkamlab borayotganining yana bir tasdig‘i. Juftlik bahslarida chempionlik va yakka bahslarda chorak finalga chiqish — yosh sportchining rivojlanishidagi muhim bosqichdir.     O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-29 08:52:09 Toshkentda 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan ishlovchi murabbiylar uchun ATF Performance Tennis seminari boshlandi
Bugun Toshkentda ATF Performance Tennis uch kunlik seminari boshlandi. Tadbir O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan Osiyo tennis federatsiyasi (ATF) bilan hamkorlikda Young Tennis Stars (YTS) dasturi doirasida, Respublika tennis maktabi Olimpiya zaxiralari (ROZTM) ko‘magida tashkil etilgan. O‘quv jarayoni 2025-yil 28–30-noyabr kunlari “Umid” sport majmuasida o‘tkazilmoqda.   Seminarda mamlakatning turli hududlaridan kelgan 30 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etmoqda: Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridan.   Dastur xalqaro Evolution metodikasi va ITF tamoyillari asosida tuzilgan bo‘lib, 7–10 yoshli tennischilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan: qizil, to‘q sariq va yashil darajalar. Ishtirokchilar nazariy modullar, amaliy mashg‘ulotlar hamda yosh o‘yinchilarni o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlarning batafsil tahlilini o‘z ichiga olgan sessiyalarda qatnashadilar.   Seminarning maxsus mehmoni — bolalar tennisining yetakchi xalqaro mutaxassislaridan biri, Evolve9 dasturi asoschisi Mayk Barell. Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga ATF va O‘zbekiston tennis federatsiyasi sertifikatlari taqdim etiladi. Seminar ishtirokchilari uchun bepul bo‘lib, mamlakatda murabbiylar tayyorlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan.     O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-28 17:34:45 Top-109 o‘rinda turgan WTA tennischisi Kamilla Rahimova rasmiy ravishda O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shildi
WTA reytingida 109-o‘rinni egallab turgan professional tennischi Kamilla Rahimova endilikda xalqaro turnirlarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi.   Kamilla Rahimova kim? 24 yoshli Kamilla Rahimova 2001-yil 28-avgust kuni Yekaterinburgda tug‘ilgan. Kamilaning oilasi O‘zbekiston bilan bog‘liq: uning onasi Rufina Rahimova (turmushga chiqishdan oldingi familiyasi Yalalova) yoshligida o‘z yosh toifasida eng kuchli tennischilar qatoriga kirgan va O‘zbekiston SSR sharafini himoya qilgan. Kamilaning katta akasi Timur esa Toshkentda tug‘ilgan. Shu oilaviy ildizlar Rahimovaning O‘zbekiston nomidan ishtirok etish qarorini yanada ramziy ahamiyatli qiladi.   So‘nggi yillarda Kamilla Rahimova jahon turidagi eng barqaror va professional rivojlanayotgan sportchilardan biriga aylandi.   Uning faoliyatidagi asosiy natijalar: Yakkalikdagi eng yuqori reytingi: №60 (2024-yil 30-dekabr) Juftlikdagi eng yuqori reytingi: №51 (2025-yil 25-avgust) WTA juftlikda 3 ta titul WTA 125 yakkalikda g‘oliblik, shuningdek juftlikdagi g‘alabalar   “Katta Dubulg‘a” turnirlaridagi eng yaxshi natijalari (yakkalik): • US Open: 3-bosqich (2021) • Roland Garros: 3-bosqich (2023) • Wimbledon: 3-bosqich (2025) — jumladan, dunyoning 5-raqami Jasmin Paolini ustidan g‘alaba   “Katta Dubulg‘a” juftlikdagi natijalari: • Australian Open: chorak final (2025) • Roland Garros: 3-bosqich (2025) • Wimbledon: 2-bosqich (2024, 2025)   2025-yilgi mavsumda Rahimova yuqori dinamikani saqlab kelmoqda: uning so‘nggi yirik natijalaridan biri — WTA 1000 WTA 1000 Cincinnati turnirida juftlik bahslarida chorak final (avgust 2025). 28-noyabr 2025-yilgi yangilangan WTA reytingiga ko‘ra, Rahimova yakkalikda 109-o‘rinda joylashgan.   O‘zbekiston tennisida yangi bosqich Kamilla Rahimovaning O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etishi — milliy terma jamoa uchun strategik kuchayish, bu esa mamlakatning xalqaro sahnadagi raqobatbardoshligini yangi darajaga olib chiqadi. Endi O‘zbekiston “Katta Dubulg‘a” turnirlari, WTA, ITF musobaqalari, jamoaviy chempionatlar, Osiyo o‘yinlari va Billie Jean King Cupda yuqori natijalar uchun kurasha oladigan jahon darajasidagi tennischiga ega bo‘ladi. “Kamilla Rahimovaning O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shilishi tarixiy voqea. U o‘zini kuchli va raqobatbardosh tennischi sifatida ko‘rsatgan, dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari bilan tengma-teng o‘ynay oladi. Biz Kamillani terma jamoa tarkibida ko‘rganimizdan mamnunmiz va oldinda — yorqin g‘alabalar, katta yo‘l va yangi rekordlar borligiga ishonamiz”, — dedi O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi bosh kotibi Sardor Kamilov.   O‘zbekiston – global tennis markaziga qarab Kamilla Rahimovaning terma jamoaga qo‘shilishi — raqobatbardosh ayollar terma jamoasini shakllantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir. Federatsiya sportchilarni tayyorlash tizimini mustahkamlashni hamda terma jamoaga jahon darajasidagi o‘yinchilarni jalb qilishni davom ettiradi.     O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-24 14:42:39 ITF J30 Andijan xalqaro turnirining g‘oliblari ma’lum bo‘ldi
Andijonda 2025-yil 17–22-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ITF World Tennis Tour Juniors J30 Andijan xalqaro yoshlar turniri yakuniga yetdi. Musobaqa Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Hindiston, Isroil, Ukraina va Qirg‘izistondan kelgan o‘yinchilarni birlashtirdi.   Yakka bahs — o‘g‘il bolalar Rossiyalik Aleksey Ilin turnir chempioni bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda u o‘zbekistonlik Abdurahmon Karimovni 6–2, 6–0 hisobida mag‘lub etdi.   Yakka bahs — qizlar O‘zbekistonlik Madinaxon Salidjanova finalda rossiyalik Viktoriya Gruntovaga 3–6, 4–6 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir finalchisi bo‘ldi.   Juftlik bahsi — o‘g‘il bolalar Iakov Gryaznov va Aleksey Ilin (Rossiya) Andrey Li (Rossiya) va Arafat Mustafa (Qozog‘iston) duetini finalda 6–1, 7–6 [2] hisobida mag‘lub etib, juftlik bahslarining chempioniga aylandi.   Juftlik bahsi — qizlar Qozog‘istonlik Adama Alseypulova va rossiyalik Ildana Zaripova juftlik turniri g‘olibiga aylandi. Ular finalda Varvara Berdieva va Angelina Paxomenko (Rossiya) juftligini 6–4, 6–1 hisobida mag‘lub etdi.   J30 Andijan turniri yosh tennischilar tayyorgarligining yuqori darajasini yana bir bor tasdiqladi va mintaqa tennisining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu 2025-yilda o‘tkazilgan ITF seriyasidagi so‘nggi turnir bo‘ldi. Jami yil davomida 12 ta musobaqa tashkil etildi: J30 — 5 ta, J60 — 3 ta, J100 — 3 ta va J200 — 1 ta.   O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-19 10:56:12 Toshkentda yosh tennischilar bilan ishlash bo‘yicha xalqaro ATF Performance Tennis seminari o‘tkaziladi
O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi Asian Tennis Federation (ATF) va Respublika Olimpiya Zaxiralari Tennis Maktabi bilan hamkorlikda 2025-yil 28–30-noyabr kunlari Toshkent shahrida yosh tennischilarni rivojlantirishga qaratilgan Young Tennis Stars (YTS) dasturi doirasida ATF Performance Tennis uch kunlik seminarini o‘tkazadi. Tadbirning maqsadi — 7–10 yoshli bolalar bilan ishlaydigan murabbiylar, koordinatorlar va pedagoglarning malakasini oshirishdir. Ishtirokchilar zamonaviy xalqaro o‘qitish metodikalari bilan tanishadilar va amaliy kort mashg‘ulotlarida qatnashadilar. O‘tkaziladigan joy: “Umid” sport majmuasi, Respublika Olimpiya Zaxiralari Tennis Maktabi filiali (Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och M.F.Y., 82A). Seminar dasturiga Evolution metodikasi va ITF tamoyillari asosidagi nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar kiradi. Ular Osiyo mamlakatlarida bolalar tennisini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, asosiy e’tibor 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan ishlaydigan murabbiylarga qaratiladi — ular qizil, to‘q sariq va yashil darajadagi musobaqalarda qatnashadigan bolalar bilan ishlaydilar. Seminarning alohida voqeasi — xalqaro ekspert, Evolve9 dasturi asoschisi va Jon Makinroy Academy ijrochi direktori Mayk Barrell ishtiroki bo‘ladi. Mazkur akademiya 300 dan ortiq kort va 235 murabbiyni birlashtiradi. Ishtirokchilarga Asian Tennis Federation va O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi tomonidan malaka oshirishni tasdiqlovchi sertifikatlar topshiriladi. Seminarda ishtirok etish bepul. Yo‘l va yashash xarajatlari ishtirokchilarning o‘z zimmasida.   Ishtirokchilar soni cheklangan — 30 nafargacha. Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 24-noyabrgacha Aloqa uchun: +998 90 371 16 52, e-mail: fayziev.03@mail.ru   O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-19 10:35:55 Toshkentda yosh tennischilarni rivojlantirish bo‘yicha ITF seminari bo‘lib o‘tdi
2025-yil 16–19-noyabr kunlari Toshkent shahrida «Yosh tennischilarni rivojlantirish» mavzusidagi ITF qo‘shimcha seminari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi tomonidan ITFning G‘arbiy va Markaziy Osiyoda tennisni rivojlantirish bo‘yicha ofitseri Amir Borgheyning ishchi tashrifi doirasida tashkil etildi. Seminarda Toshkent, Andijon, Buxoro, Namangan va Gulistondan 30 nafardan ortiq murabbiylar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning keng geografiyasi yoshlar tennisiga oid xalqaro ta’lim dasturlariga bo‘lgan katta qiziqishni yana bir bor tasdiqladi. O‘quv kursi o‘rta va yuqori darajadagi o‘yinchilar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan edi. Ular yosh sportchilarni rivojlantirishning zamonaviy metodikalari, amaliy o‘qitish texnikalari, o‘yin ko‘nikmalarini shakllantirish xususiyatlari va uzoq muddatli tayyorgarlik strategiyasini o‘rganishdi. Mashg‘ulotlarni quyidagilar olib bordi: • Amir Borghei — ITFning G‘arbiy va Markaziy Osiyoda tennisni rivojlantirish bo‘yicha ofitseri • Igor Shelyakin — ITF mintaqaviy o‘qituvchisi, O’TF rivojlantirish koordinatori O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi boshqa viloyatlarda yashovchi ishtirokchilar uchun yashash va ovqatlanishni ta’minlab, o‘qish va tajriba almashish uchun qulay sharoitlar yaratdi. Ushbu seminarni o‘tkazish murabbiylar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturining muhim qismi bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro tennis hamjamiyatidagi mavqeini mustahkamlash yo‘lida navbatdagi qadam bo‘ldi. Bunday ta’lim tashabbuslari mutaxassislar malakasini oshirishga va mamlakatda yoshlar tennisi rivojlanishini samarali qo‘llab-quvvatlay oladigan professional muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.   O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-17 12:43:36 Sergey Fomin Bahrayndagi turnir chempioni bo‘ldi
Bahrayn poytaxti Manamada M25 toifasidagi tennis turniri yakunlandi. Muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Yurtimizning ikkinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida polyalik Olaf Pyeshkovski ga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 35 daqiqa davom etgan dramatik finalda Fomin ta’sirli kambek amalga oshirdi. Birinchi setni 1–6 hisobida boy berganiga qaramay, sportchimiz iroda ko‘rsatdi va uch setda g‘alaba qozondi — 1–6, 6–4, 6–3.   O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-16 17:19:09 ITF World Tennis Tour Juniors J30 Andijan turniri g‘oliblari aniqlandi
Andijonda 2025-yil 10–15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ITF World Tennis Tour Juniors J30 Andijan xalqaro yoshlar turniri nihoyasiga yetdi. Musobaqa Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) homiyligida O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etildi. Turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Isroil, Belarus, Buyuk Britaniya, Hindiston, Ukraina va Rossiyadan kelgan kuchli yosh tennischilar ishtirok etdi. Yakkalik yigitlar O‘zbekiston vakili Abdurahmon Karimov butun hafta davomida ishonchli o‘yin ko‘rsatib, turnir chempioni bo‘ldi. Finalda u hamyurtimiz Amir Safaevni 6–0, 4–1 hisobida mag‘lub etdi. Yakkalik qizlar Rossiyalik Viktoriya Xastsaeva turnir g‘olibasi bo‘ldi. Finalda u Qozog‘istondan Kristina Kruchyonkoni 6–1, 6–1 hisobida yengdi. Juftlik — yigitlar O‘zbekistonlik Abdurahmon Karimov va Alan Zinatulin juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Finalda ular Viktor Makarov (Rossiya) va Amir Safaev (O‘zbekiston) duetini 6–1, 6–2 hisobida mag‘lub etdilar. Juftlik — qizlar Viktoriya Xastsaeva (Rossiya) va Kristina Kruchyonko (Qozog‘iston) juftligi finalda Arianna Grigoryan va Marta Karas (Rossiya) duetini 6–2, 6–2 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘ldi. J30 Andijan turniri ITF Juniors mintaqaviy taqvimidagi muhim tadbir bo‘lib, yosh sportchilarimizning yuqori darajada tayyorgarligini yana bir bor tasdiqladi. O‘zbekiston tennischilari yigitlar yakkalik va juftlik yo‘nalishlarida titulni qo‘lga kiritishdi hamda musobaqa davomida yorqin natijalar ko‘rsatishdi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi yosh o‘yinchilar o‘sishi va yuksak darajadagi xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratishni davom ettiradi. Shuningdek, Andijonda navbatdagi ITF J30 Andijan turniri start oldi, u 2025-yilda rejalashtirilgan 12 ta xalqaro yoshlar musobaqasining yakuniy bosqichi hisoblanadi.   O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish

Video galereya

Qiziqarli intveryu va muhim lahzalar

Kortlar

Tennis klubi OOO Universal Tennis Plus

Telefon:

+998909390890

Manzil:

Shahar: Toshkent, Tuman: Yashnobod ko'chasi. Qorasu (sobiq Lisunova), 23 yosh

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi

Telefon:

+998712089496

Manzil:

Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod mahallasi, Yalangach massivi

"Matonat" sport majmuasi (Burevestnik)

Telefon:

+998935918169

Manzil:

Yunusobod tumani, Kiyot massivi, 88-uy

"JAR" sport-sog'lomlashtirish majmuasi

Telefon:

+998712494839

Manzil:

100021, Toshkent, Beruniy shoh ko‘chasi, 3-uy

“Paxtakor-tennis” tennis klubi

Manzil:

Islom Karimov ko‘chasi, 98A

"Uchkun" sport majmuasi

Manzil:

Mayqo‘rg‘on ko‘chasi, 11A

"MVES" sport majmuasi

Manzil:

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 8A

“Yoshlik” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi

Telefon:

+998712689616

Manzil:

Oqqo‘rg‘on, 16, (sobiq “Start” stadioni), Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani

CSKA tennis kortlari

Telefon:

+998935646880

Manzil:

Mirzo Ulug'bek tumani "Saxat" mehmonxonasi

TENNIS.UZ


Sheriklar
va homiylar